Qurilmalaringiz ma'lumotini
bir joyda yig'ing
Sensor, ESP32 yoki Raspberry Pi — MQTT orqali ulanadi, ma'lumotini yuboradi. Platforma uni saqlaydi va panelda jonli ko'rsatadi. Qurilmaga buyruq ham yuborish mumkin.
Imkoniyatlar
Platforma nimani o'z zimmasiga oladi.
Ikki xil ulanish
Qurilmalar uchun MQTT (TLS bilan), brauzer uchun WebSocket. Bir xil ma'lumot ikkala yo'l bilan ham o'tadi.
Qurilmalar ajratilgan
Har bir qurilmaning o'z login-paroli va o'z topiklari bor. Begona topikka yozishga urinsa, broker rad etadi.
Tarix saqlanadi
Kelgan har bir o'lchov PostgreSQL ga yoziladi. Eski yozuvlar belgilangan muddatdan keyin avtomatik tozalanadi.
Online holati
Aloqa uzilsa broker o'zi "offline" e'lon qiladi — qurilma hech narsa yubormasa ham panelda ko'rinadi.
Buyruq yuborish
Paneldan yoki API orqali qurilmaga buyruq boradi: qayta ishga tushir, sozlamani o'zgartir, releni yoq.
REST API
Qurilma qo'shish, telemetriya o'qish, buyruq yuborish — hammasi token bilan himoyalangan API orqali.
Ulanish ma'lumotlari
Qurilma shu manzillarga ulanadi. Login va parol panelda qurilma yaratganda beriladi.
| MQTT (TLS) — qurilmalar | io.microhub.uz:8883 |
|---|---|
| MQTT over WebSocket | wss://io.microhub.uz/mqtt |
| REST API | https://io.microhub.uz/api/… |
| Panel WebSocket | wss://io.microhub.uz/ws |
Topiklar
Har bir qurilma faqat o'zining <id> topiklariga kira oladi.
devices/<id>/telemetry
Qurilma → server. O'lchov ma'lumotlari, JSON tavsiya etiladi.
devices/<id>/status
Qurilma → server. online / offline. LWT qilib sozlang.
devices/<id>/commands
Server → qurilma. Buyruqlar shu yerdan keladi.
Qurilmani ulash
Python namunasi. ESP32 uchun ham tayyor namuna bor.
# pip install paho-mqtt import json, ssl, paho.mqtt.client as mqtt DEVICE = "sensor-1" c = mqtt.Client(mqtt.CallbackAPIVersion.VERSION2, client_id=DEVICE) c.username_pw_set("dev-sensor-1", "paneldan-olingan-parol") # aloqa uzilsa broker o'zi "offline" e'lon qiladi c.will_set(f"devices/{DEVICE}/status", "offline", qos=1, retain=True) c.tls_set(cert_reqs=ssl.CERT_REQUIRED) c.connect("io.microhub.uz", 8883) c.publish(f"devices/{DEVICE}/status", "online", qos=1, retain=True) c.publish(f"devices/{DEVICE}/telemetry", json.dumps({"temp": 23.5}), qos=1) c.loop_forever()